Mamatxonova Olima
Tasdiqlangan o'quvchiAmaliy sarf
Assalomu alaykum, Amaliy sarf kursiga qoʻshilib juda katta foydalarni oldim, Oldin oʻzi silsilaviy kitoblarni oʻqigandim, Ustozni "Sullamul Qiroa" kurslaridayam oʻqiganman oʻtgan yili, va sertifikatga topshirib B2+ natijaniyam qoʻlga kiritganman Lekin baribir Sarf va Nahvga ehtiyojim bor edi. Va Ustozni kurslari eng toʻgʻri tanlaov edi. Chunki darsni ham qiziqarli ham tushunarli oʻtadilar. Talabchanliklari ham darsga boʻlgan mas'uloyatni 2× ga oshiradi. Sarf kursiga qoʻshilib juda koʻp foydalar oldim. Oldinlari "Bushro"dan lugʻatlarni topishga qiynalardim, lekin sarf kursidan keyin, kalimani aslini topish, har bir kalimani qolipini va bobini bir koʻrishda bilib olish, xatto eng qiyini noqis fe'llaridagi illatli harflarni ham nega oʻzgarishi va qanday oʻzgarishini bilib oldim. Ustozga bergan bilimlari uchun Rahmat!
Amaliy sarf o'quvchisi
Tasdiqlangan o'quvchiAmaliy sarf
Men Amaliy sarf 13- mavsum va Amaliy nahv 18 - mavsum o'quvchisiman. Men bu kurslarda kursni bitirgan o'quvchilarning fikri tavsiyalari sabab bo'lib o'qiganman. Oldinroq bilmaganimdan afsuslanaman, chunki darslar haqiqatda juda ajoyib, o'quvchilar har bir o'zlashtirilgan mavzuni amaliy qayta qayta bajarishadi. Har kuni lug'at yodlamasdan ertaklarni tarjima qilib, eroblarni o'rniga qo'yish bilan so'zlar va qoidalar deyarli yod bo'lib ketadi. "Bir dunyo qoidalarni yodlash va unutib qo'yish🤦♀" 😄 muammosidan qutulishni istaganlar, o'qigan matnlarining ma'nosini to'g'ri chiqarishni va to'g'ri eroblashni o'rganishni xohlagan o'quvchilarga albatta tavsiya qilaman. Aslida kursning imkoniyatlari juda katta, eng muhimi esa bularni barchasini amaliyot orqali o'rganasiz. Sarf kursida o'qiganimdan ham juda xursandman. Hozir sarf men uchun avvalgidek nimaga ishlatilishini bilmasdan yodlanadigan ilm emas😄 bitta fe'ldan turli xil fe'llar chiqarish va ularning har birining qaysi o'rinda ishlatilishini bilish bu juda ajoyib va buni qiziqarli amaliy uslubda o'rganish undan ham ajoyib. Shuning uchun hozir Tamhidiy nahv kursida o'qishni davom ettiryapman.
Amaliy sarf o'quvchisi
Tasdiqlangan o'quvchiAmaliy sarf
Assalomu alaykum. Amaliy sarf kursida 1 oydan beri o‘qiyabman. Ustozimizni dars o'tish tartibi juda zo‘r, ayniqsa platformada vazifalar, sherik bilan dars qilish, davomat, darsdan so‘ng baholash tizimini joriy qilinganligi o'quvchilarga qulayliklari mavjud. Sarfda hozirda eng ko'p ishlatiladigan fe‘llarni o‘rganayapmiz, sarfdagi hozirda 10 ta bobni tugatdik, darslar juda sifatli, ayniqsa sheriklar bilan dars qilish darsni yanada yaxshiroq tushunib, o'tilgan mavzularni takror qilishimizga imkon beradi. Bu uslubda dars o‘tish qiziqarli va muhimi, o‘quvchilar zerikib qolmaydi.
