Har bir fikr — o'quvchining o'z matni. Imlo xatolari tuzatilgan, ba'zi jumlalar olib tashlangan bo'lishi mumkin.
Mamatxonova Olima
Tasdiqlangan o'quvchiAmaliy sarf
Assalomu alaykum, Amaliy sarf kursiga qoʻshilib juda katta foydalarni oldim, Oldin oʻzi silsilaviy kitoblarni oʻqigandim, Ustozni "Sullamul Qiroa" kurslaridayam oʻqiganman oʻtgan yili, va sertifikatga topshirib B2+ natijaniyam qoʻlga kiritganman Lekin baribir Sarf va Nahvga ehtiyojim bor edi. Va Ustozni kurslari eng toʻgʻri tanlaov edi. Chunki darsni ham qiziqarli ham tushunarli oʻtadilar. Talabchanliklari ham darsga boʻlgan mas'uloyatni 2× ga oshiradi. Sarf kursiga qoʻshilib juda koʻp foydalar oldim. Oldinlari "Bushro"dan lugʻatlarni topishga qiynalardim, lekin sarf kursidan keyin, kalimani aslini topish, har bir kalimani qolipini va bobini bir koʻrishda bilib olish, xatto eng qiyini noqis fe'llaridagi illatli harflarni ham nega oʻzgarishi va qanday oʻzgarishini bilib oldim. Ustozga bergan bilimlari uchun Rahmat!
Amaliy sarf o'quvchisi
Tasdiqlangan o'quvchiAmaliy sarf
Men Amaliy sarf 13- mavsum va Amaliy nahv 18 - mavsum o'quvchisiman. Men bu kurslarda kursni bitirgan o'quvchilarning fikri tavsiyalari sabab bo'lib o'qiganman. Oldinroq bilmaganimdan afsuslanaman, chunki darslar haqiqatda juda ajoyib, o'quvchilar har bir o'zlashtirilgan mavzuni amaliy qayta qayta bajarishadi. Har kuni lug'at yodlamasdan ertaklarni tarjima qilib, eroblarni o'rniga qo'yish bilan so'zlar va qoidalar deyarli yod bo'lib ketadi. "Bir dunyo qoidalarni yodlash va unutib qo'yish🤦♀" 😄 muammosidan qutulishni istaganlar, o'qigan matnlarining ma'nosini to'g'ri chiqarishni va to'g'ri eroblashni o'rganishni xohlagan o'quvchilarga albatta tavsiya qilaman. Aslida kursning imkoniyatlari juda katta, eng muhimi esa bularni barchasini amaliyot orqali o'rganasiz. Sarf kursida o'qiganimdan ham juda xursandman. Hozir sarf men uchun avvalgidek nimaga ishlatilishini bilmasdan yodlanadigan ilm emas😄 bitta fe'ldan turli xil fe'llar chiqarish va ularning har birining qaysi o'rinda ishlatilishini bilish bu juda ajoyib va buni qiziqarli amaliy uslubda o'rganish undan ham ajoyib. Shuning uchun hozir Tamhidiy nahv kursida o'qishni davom ettiryapman.
Amaliy sarf o'quvchisi
Tasdiqlangan o'quvchiAmaliy sarf
Amaliy sarf kursini o'qib tugatganimga 3oy bo'ldi. Va sarf ilmini arab tilini o'rganishda qanchalik muhimligini tushundim. Lug'at boylik bo'lsa ham ulardan foydalanishda qiynalardim va xato gapirib qo'ymaslik uchun arab tilida gapirishdan uyalardim. Arab tilini o'rganishni boshlashim bilan sarf ilmini o'qimaganim bu meni kichik xatoyim bo'lgan, chunki u paytda Tanal intensiv kursida o'qir edim va vaqtim yetmaydi deb o'ylar edim. Lekin keyin Tanal elite kursida o'qiyotgan paytimda sarfni o'qishga qaror qildim va o'qidim. Bo'sh vaqt qolmasa ham xursand edim, chunki arab tilimdagi qiyinchiliklar yo'qolayotgan edi. Kuniga dars uchun 2soat ajratsam bemalol ulgurar edim va eng a'lochi o'quvchilardan bo'lib kursni tugatdik😁
To'liq o'qish
Amaliy sarf kursi men uchun qiyin bo'lmadi, birgina menga biroz qiyinlik qilgan narsa dars vaqti ertalab soat 5 da bo'lishi😄 chunki uxlashni yaxshi ko'rardim)
Barchaga arab tilini boshlash bilan sarf ilmini ham bir vaqtda o'rganishni maslahat beraman, chunki tilni mukammal va tezroq o'rganishning bir siri sarf ilmini bilish ekan, imtihonda insho va gapirishda bunga ishonch hosil qildim.

Amaliy sarf o'quvchisi
Tasdiqlangan o'quvchiAmaliy sarf
Assalomu alaykum. Amaliy sarf kursida 1 oydan beri o‘qiyabman. Ustozimizni dars o'tish tartibi juda zo‘r, ayniqsa platformada vazifalar, sherik bilan dars qilish, davomat, darsdan so‘ng baholash tizimini joriy qilinganligi o'quvchilarga qulayliklari mavjud. Sarfda hozirda eng ko'p ishlatiladigan fe‘llarni o‘rganayapmiz, sarfdagi hozirda 10 ta bobni tugatdik, darslar juda sifatli, ayniqsa sheriklar bilan dars qilish darsni yanada yaxshiroq tushunib, o'tilgan mavzularni takror qilishimizga imkon beradi. Bu uslubda dars o‘tish qiziqarli va muhimi, o‘quvchilar zerikib qolmaydi.

Amaliy sarf o'quvchisi
Tasdiqlangan o'quvchiAmaliy sarf
Assalomu alaykum! Men sarf va nahvning farqini Amaliy sarf kursida to'liq tushundim. Bu kurs hatto nahvda ham yordam berdi. köpinça raf va nasbda köpliklarni farqiga bormasdim, ya’ni مسلمون yoki مسلمين so’zlaridan qaysi biri nasb, qaysi biri raf bilolmasdim (مسلمين muannas, مسلمون muzakkar bo'lsa kerak deb bilardim, bu ikkalasi ham muzakkar ekan 😂). Sarfda 12 ta bob borligini bilardim, ularni sayrab ayta olardim, lekin ular nima uchun kerakligini va har bir bob tölaligiça qanday tuslanishini kimdir so'rasa, xato bilan aytardim. Foil bilan mafu’lni umuman ajrata olmasdim ( bularni farqi bitta harakat bilan o'zgararkan). O'rgatadigan ustoz bo'lsa ham, aytganimda tekshiradigan ustoz yo'q edi. Bu kurs bu muammolarning yechimi bo'ldi.
Assalamu alaykum.
To'liq o'qish
Man O'rta nahv 6 da o'qigan tolibaman. Darslar judayam zo'r edi, ayniqsa ustozni talabchanliklari, nazoratlari, sherik bilan dars qilishga undashlari darsni samarali qiladi. Man arab tilida silsilaviy kitoblar o'qigan, grammatikam ham o'rtacha va CEFR B2 darajada edim. Bu kursdan keyin Qiroa va Gramatika qismi ancha ko'tarildi. Ajrumiyya matnini ham yodladik, arab tili gramatikasida ajoyib poydevor bo'ldi.
Oradan vaqt o'tib boshqa kursda Tanalga tayyorlandim, lekin O'rta nahvdagi bilimlarim ham foyda berdi.
Universitetda ham ko'plab kursdoshlarimga tavsiya qildim, hozirda ular ham qadrdon toliba bo'lib qolishdi.
Ta'lim bergan ustozimizga rahmat!

Amaliy nahv, Amaliy sarf va Tanal -intensive kurslarini olganman. Bularda qimmatli maʼlumotlar jamlangan, va dars oʻtish uslublari ham sodda va tushunarli...
Bir soʻz bilan aytganda, asl arab tili shaydolari uchun kerak boʻlgan kurslar shu yerda, ishonavering 😉👍!!!
Amaliy sarf kursi eng yomon koʻrgan ishimni zavq bilan bajartira olgan kurs. Lugʻat boyligim kam, yodlashni esa yoqtirmas edim. Ustozni oʻziga xos uslublari bilan qanday qilib har dars vazifasidan keyin 30+ soʻzlarni oʻrganib olganimni sezmay qolardim. Har bir feʼldan juda koʻp maʼnolar chiqishi sababli, kursdan soʻng soʻz boyligim sezilarli darajada ortdi. Undan tashqari, sarf oʻrgangan insonlardan doim "sarf qiyin, chalkash" degan gaplarni eshitardim, shu sabab kursga yozilishdan oldin uzoq oʻylab yurganman, ammo kursda oʻqish davomida aslida oson va sodda ekanini koʻrib, avvalroq qoʻshilmaganimga afsuslanganman.
Muqumjonov Oyatulloh
Amaliy nahv
Assalomu alaykum. Avval men nahv va sarf oʻqimagan edim umuman. Amaliy nahv va sarf kursida oʻqib juda foydali ilmlar oldim, bilaman degan ilmlarimni bilmas ekanman. Nahv va sarf kursida oʻqish juda foyda berdi. Baʼzida matnda tushunmay qolsam, biror so'zni lugʻatdan qidirardim, lekin topolmasdim, sarf kursida oʻqib lugʻatlarni bemalol topa oladigan boʻldim. Nahvda esa koʻp tushunmagan mavzularimni sodda qilib, tushunarli qilib tushuntirib berardi ustoz. Ustoz judayam yaxshi, bir kursiga yozilsangiz va muvaffaqiyatli tugatsez juda koʻp chegirmalar boʻladi boshqa kurslariga. Afsus, men 3oylik kursni oxirgi 3 kunida baʼzi oʻzimni sabablarimga koʻra kirolmadim. Lekin nasib qilsa, yana qaytadan oʻqimoqchiman. Ustoz shunchaki arab tilini o'rgatmaydi, balki uni qanday o'rganish, nimalar qilish kerakligini tushuntiradi.
To'liq o'qish
Koʻp ustozlardek CEFR yo Tanaldan B2 yo C1 natija olasiz deb va'da bermaydi, lekin darslarini vaqtida va aytganidek qilsangiz, B2 emas, C1 yo C2 olasiz.
Dangasalarga maslahat bermayman bu kurslarni.
Men Sherzod Ahmad ustozdek ustoz boʻlmoqchiman.
Bu kursga kirishdan oldin faqat oʻqishni va juda kam soʻz bilardim. Nahv, sarf haqida umuman tushunchaga ega emasdim. Kursga yozilishimdan oldin demo darsni koʻrib, ular haqida bilib olganman. Oʻqishni boshlaganimdan soʻng esa, eng birinchi davradan arab tilining lazzatini his qilganman. Kurs 3oyga moʻljallangan, lekin bir oy boʻlmasdan, matnlarni eʼroblash, matnlarni tarjima qilish va nahvdan ancha muncha bilimga ega edim. Hozirgi bilim va koʻnikmalarimning 70%ini aynan shu bitta kursdan olganman. Tanishlarim arab tilini oʻrganmoqchi boʻlishsa, ustozning aynan shu kurslarini qatʼiy ishonch bilan tavsiya qilaman. Tavsiyam orqali ikkita kursdoshim oʻqidi bu kursda va ikkisi ham mendan mamnun, ishonamanki, 100ta insonga tavsiya qilsam, bu kurs 100 karra eng afzali ekanligini isbotlaydi.