← Natijalar

Fikrlar va sertifikatlar

Qayerdan boshladi, qayerga yetdi

O'quvchilarimizning o'z so'zlari va sertifikatlari. Har birini ustoz o'qib chiqqan va o'quvchi saytga chiqishiga rozi bo'lgan.

Hikoyalar

Kurslardan natijagacha

  1. Nahv 3 oy
  2. Sarf 3 oy
  3. PRO 5 oy
  4. EXPRESS 1 oy
  5. AT-TANAL C1

103,5 / 150

Hamidova Madina · 11 oy

Asl e'lon ↗
  1. Nahv 2 oy
  2. PRO 5 oy
  3. EXPRESS 1 oy
  4. AT-TANAL B2

82,8 / 150

Sobirovna Munisa · 11 oy

Asl e'lon ↗
  1. Nahv 3 oy
  2. Sarf 3 oy
  3. PRO 5 oy
  4. EXPRESS 1 oy
  5. AT-TANAL B2

79,5 / 150

Shokirova Nargiza · 8 oy

Asl e'lon ↗

Fikrlar

O'z so'zlari bilan

Har bir fikr — o'quvchining o'z matni. Imlo xatolari tuzatilgan, ba'zi jumlalar olib tashlangan bo'lishi mumkin.

Muqumjonov Oyatulloh

Amaliy nahv

Assalomu alaykum. Avval men nahv va sarf oʻqimagan edim umuman. Amaliy nahv va sarf kursida oʻqib juda foydali ilmlar oldim, bilaman degan ilmlarimni bilmas ekanman. Nahv va sarf kursida oʻqish juda foyda berdi. Baʼzida matnda tushunmay qolsam, biror so'zni lugʻatdan qidirardim, lekin topolmasdim, sarf kursida oʻqib lugʻatlarni bemalol topa oladigan boʻldim. Nahvda esa koʻp tushunmagan mavzularimni sodda qilib, tushunarli qilib tushuntirib berardi ustoz. Ustoz judayam yaxshi, bir kursiga yozilsangiz va muvaffaqiyatli tugatsez juda koʻp chegirmalar boʻladi boshqa kurslariga. Afsus, men 3oylik kursni oxirgi 3 kunida baʼzi oʻzimni sabablarimga koʻra kirolmadim. Lekin nasib qilsa, yana qaytadan oʻqimoqchiman. Ustoz shunchaki arab tilini o'rgatmaydi, balki uni qanday o'rganish, nimalar qilish kerakligini tushuntiradi.

To'liq o'qish

Koʻp ustozlardek CEFR yo Tanaldan B2 yo C1 natija olasiz deb va'da bermaydi, lekin darslarini vaqtida va aytganidek qilsangiz, B2 emas, C1 yo C2 olasiz.

Dangasalarga maslahat bermayman bu kurslarni.

Men Sherzod Ahmad ustozdek ustoz boʻlmoqchiman.

Bozorova M.

Amaliy nahv

Bu kursga kirishdan oldin faqat oʻqishni va juda kam soʻz bilardim. Nahv, sarf haqida umuman tushunchaga ega emasdim. Kursga yozilishimdan oldin demo darsni koʻrib, ular haqida bilib olganman. Oʻqishni boshlaganimdan soʻng esa, eng birinchi davradan arab tilining lazzatini his qilganman. Kurs 3oyga moʻljallangan, lekin bir oy boʻlmasdan, matnlarni eʼroblash, matnlarni tarjima qilish va nahvdan ancha muncha bilimga ega edim. Hozirgi bilim va koʻnikmalarimning 70%ini aynan shu bitta kursdan olganman. Tanishlarim arab tilini oʻrganmoqchi boʻlishsa, ustozning aynan shu kurslarini qatʼiy ishonch bilan tavsiya qilaman. Tavsiyam orqali ikkita kursdoshim oʻqidi bu kursda va ikkisi ham mendan mamnun, ishonamanki, 100ta insonga tavsiya qilsam, bu kurs 100 karra eng afzali ekanligini isbotlaydi.

Siz ham o'qiganmisiz?

Hozir o'qiyotgan bo'lsangiz, fikringizni kabinetdagi «Fikr va sertifikat» bo'limidan yuboring. Avval o'qigan bo'lsangiz, botdagi havoladan yuboring — kursingizni ro'yxatdan tanlaysiz yoki nomini yozasiz.