← Natijalar

Fikrlar va sertifikatlar

Qayerdan boshladi, qayerga yetdi

O'quvchilarimizning o'z so'zlari va sertifikatlari. Har birini ustoz o'qib chiqqan va o'quvchi saytga chiqishiga rozi bo'lgan.

Fikrlar

O'z so'zlari bilan

Har bir fikr — o'quvchining o'z matni. Imlo xatolari tuzatilgan, ba'zi jumlalar olib tashlangan bo'lishi mumkin.

Ahmadova O.

O'rta nahv

Assalamu alaykum.

To'liq o'qish

Man O'rta nahv 6 da o'qigan tolibaman. Darslar judayam zo'r edi, ayniqsa ustozni talabchanliklari, nazoratlari, sherik bilan dars qilishga undashlari darsni samarali qiladi. Man arab tilida silsilaviy kitoblar o'qigan, grammatikam ham o'rtacha va CEFR B2 darajada edim. Bu kursdan keyin Qiroa va Gramatika qismi ancha ko'tarildi. Ajrumiyya matnini ham yodladik, arab tili gramatikasida ajoyib poydevor bo'ldi.

Oradan vaqt o'tib boshqa kursda Tanalga tayyorlandim, lekin O'rta nahvdagi bilimlarim ham foyda berdi.

Universitetda ham ko'plab kursdoshlarimga tavsiya qildim, hozirda ular ham qadrdon toliba bo'lib qolishdi.

Ta'lim bergan ustozimizga rahmat!

Ahmadova O. yuborgan rasm

Siz ham o'qiganmisiz?

Hozir o'qiyotgan bo'lsangiz, fikringizni kabinetdagi «Fikr va sertifikat» bo'limidan yuboring. Avval o'qigan bo'lsangiz, botdagi havoladan yuboring — kursingizni ro'yxatdan tanlaysiz yoki nomini yozasiz.